» » Rafael Varan APLga ko‘chib o‘tishi mumkin. Buni Mourinyo xohlamoqda

Rafael Varan APLga ko‘chib o‘tishi mumkin. Buni Mourinyo xohlamoqda


“Real” klubi himoyachisi Rafael Varan Londonning “Tottenhem” jamoasi qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda.

El Desmarque nashrining xabar qilishicha, fransiyalik futbolchi xizmatlariga “shporlar” ustozi Joze Mourinyo qiziqish bildirgan. Ehtimoliy transfer 80 million yevroga baholanmoqda.

Portugaliyalik mutaxassis Varan bilan “Real”dagi birgalikda faoliyati orqali yaxshi tanish. Joze 26 yoshli futbolchini “Manchester Yunayted”da ishlab yurgan vaqtlarida ham o‘z jamoasiga ko‘rishni istagandi.

Rafael 2019/20-yilgi mavsumda “Real” safida 20 ta o‘yin o‘tkazdi. Uning hisobida bittadan gol va samarali uzatma bor. Markaziy himoyachining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilga qadar mo‘ljallangan.

Varan “qaymoqranglilar” safida 2011-yildan buyon to‘p suradi. Uning avvalgi jamoasi Fransiyaning “Lans” klubi bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2019, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют