» » 78-Termiz saylov okrug komissiyasi hududda Saylov kodeksi talablari buzilganini rad etdi

78-Termiz saylov okrug komissiyasi hududda Saylov kodeksi talablari buzilganini rad etdi


Surxondaryodagi saylov uchastkalarining birida Saylov kodeksi talablari buzilgani haqidagi “Daryo”da e’lon qilingan xabarga 78-Termiz saylov okrug komissiyasi munosabat bildirdi.

Mavzuga doir: Surxondaryodagi saylov uchastkalarining birida Saylov kodeksi talablari buzilgani aniqlandi

Ma’lumki, Saylov kodeksining 10-moddasida saylov uchastkalari saylovga kamida 60 qolganida tuzilishi, 23-moddasida esa uchastka saylov komissiyasi saylovga kamida 40 qolganida tuzilishi belgilab qo‘yilgan.

Shunga muvofiq, 78-sonli Termiz saylov okrug komissiyasining 2019-yil 7-noyabrdagi qarori asosida 260-uchastka saylov komissiyasi a’zolari tarkibi tasdiqlangan.

Saylovga 35 kun qolganida — deputatlikka nomzodlar tasdiqlanganida — 8-sonli umumta’lim maktab direktori Oynabod Lapasovaning nomzodi ham aynan 16-Turon saylov okrugi bo‘yicha Termiz shahar kengashi deputatligiga qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi.

Holatni qonunchilikka muvofiqlashtirish maqsadida okrug komissiyasining 14-dekabrdagi qarori bilan 260-uchastka saylov komissiyasi tarkibiga o‘zgartirish kiritildi — nomzodga bevosita bo‘ysunuvchi 8-maktab xodimlari komissiya a’zolari tarkibidan chiqarildi.

78-Termiz saylov okrug komissiyasi ushbu rasmiy munosabat orqali veb-saytlarda e’lon qilingan materialdagi 260-saylov uchastkasida Saylov kodeksi talablari buzilgani haqidagi holatni rad etadi.

78-Termiz saylov okrug komissiyasi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2019, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют