» » Yevroparlament Ukraina fuqarolari uchun vizasiz tartibni ma’qulladi

Yevroparlament Ukraina fuqarolari uchun vizasiz tartibni ma’qulladi


Yevroparlament deputatlari Strasburgdagi yalpi majlisda Ukraina fuqarolari uchun Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga qisqa muddatga vizasiz tartib asosida kirish huquqini beruvchi qonun loyihasini ma’qulladi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.

Endi Ukraina fuqarolari Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga sayyohlik, xizmat safarlari yoki boshqa maqsadlarda 180 kunlik muddat ichida 90 kungacha kirishi mumkin. Ayni vaqtda, ular Yevropa Ittifoqi hududida ishlash huquqiga ega bo‘lmaydi.

Hujjat matni avvalroq Yevropa Kengashi tomonidan norasmiy tartibda kelishilgan edi. Qonun iyun oyi boshidan kuchga kirishi kutilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-04-2017, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют