» » IShID Astraxanda politsiyachilar va Rosgvardiya jangchilariga uyushtirilgan hujumlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

IShID Astraxanda politsiyachilar va Rosgvardiya jangchilariga uyushtirilgan hujumlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi


IShID terrorchilik tashkiloti Rossiya hududidagi ikki hujum — Astraxan viloyatidagi ikki politsiyachining o‘ldirilishi va Rosgvardiya jangchilariga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

4-aprel kuni yo‘l-transport hodisasi ishtirokchilari avariya joyiga yetib kelgan politsiya xodimlarini otib tashlab, voqea joyidan yashiringan edi.

Keyinroq politsiya gumonlanuvchilarning ikki nafarini qo‘lga oldi, yana besh nafar huquqbuzar qochishga muvaffaq bo‘ldi.

6-aprelga o‘tar kechasi esa Astraxanda noma’lum shaxslar avtomobil salonidan turib Rosgvardiyaning uch xodimiga qarata o‘q uzgan, ular yaralangan, hujum qilganlardan biri esa halok bo‘lgan.

Ko‘p o‘tmay Rosgvardiya jangchilari maxsus operatsiya doirasida ushbu ikki hujum bo‘yicha gumonlanuvchilarning barchasini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-04-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют