» » Ozarbayjon O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi

Ozarbayjon O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi


O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Toshkentga MDH TIVKning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun kelgan Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xalaf Xalafov boshchiligidagi delegatsiya bilan 6-aprel kuni uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Ozarbayjonning siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa o‘zaro manfaatli sohalardagi munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, BMT va MDH kabi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida o‘zaro hamkorlik masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Hamkorlikni yanada rivojlantirish, avvalo, savdo-iqtisodiy sohada kengaytirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi ta’kidlandi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari aloqalarini kuchaytirish, yetkazib beriladigan tovarlar nomenklaturasini boyitish haqida so‘z yuritildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-04-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют