» » Toshkentda bir necha kun mobaynida yuk mashinalari harakati cheklanadi

Toshkentda bir necha kun mobaynida yuk mashinalari harakati cheklanadi


Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent shahri ko‘chalarida 31-dekabrdan 2-yanvarga qadar yuk mashinalari harakati cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent shahrining bir qator hududlarida bayram tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bayram kunlari shahrimiz aholisi va mehmonlarining ko‘ngilli xordiq chiqarishlarini va xavfsizliklarini ta’minlash hamda yo‘llarda tirbandliklarning oldini olish maqsadida 2019-yil 31-dekabr, 2020-yil 1—2-yanvar dam olish kunlari poytaxtimizning markaziy va ichki ko‘chalarida yuk avtomobillarining (oziq-ovqat mahsulotlari tashuvchi yuk avtomobillaridan tashqari) harakatlanishini cheklash yuzasidan hujjat loyihasi ishlab chiqilayotganligini ma’lum qilamiz”, — deyiladi poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-12-2019, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют