» » Jamoat joylarda alkogol ichgan 120 mingga yaqin o‘zbekistonlik 3 milliarddan ortiq jarima to‘ladi

Jamoat joylarda alkogol ichgan 120 mingga yaqin o‘zbekistonlik 3 milliarddan ortiq jarima to‘ladi


O‘zbekistonda ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika inspektorlari tomonidan joriy yil 11 oyi davomida 1 190 316 ta huquqbuzarlik aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Jumladan, jamoat joylarida spirtli ichimliklarni iste’mol qilgan 119 526 nafar shaxs aniqlanib, ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 187-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilganliklari uchun ma’muriy jazo qo‘llandi.

Shuningdek, 4 411 nafar shaxs bir yil davomida takroran jamoat joylarida spirtli ichimliklarni iste’mol qilganligi aniqlanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 187-moddasi 2-qismiga asosan sud organlari tomonidan qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlandi.

Jumladan, joriy yil 15-dekabr kuni Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanida yashovchi fuqaro Jahongir Ortiqov yil davomida jamoat joyida spirtli ichimlik iste’mol qilganligi, ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmay, qarshilik ko‘rsatib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat tartibini buzganligi uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi, 187-moddasi 2-qismi va 194-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, Yakkasaroy tuman sudi tomonidan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jamoat joylarida spirtli ichimliklarni iste’mol qilish huquqbuzarligini sodir etgan 119 526 nafar shaxsga nisbatan 3 milliard 84 million 634 ming so‘m miqdorida jarima solinib, davlat foydasiga undirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-12-2019, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют