» » Samarqand viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘zgardi

Samarqand viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘zgardi


Samarqand viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘zgardi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi boshqaruvining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.

Unda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva va Samarqand viloyati hokimi Himmat Oqbo‘tayev qatnashgan.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilgan. Viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Nigora Rabbimova o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgan.

Mazkur vazifaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Marhabo G‘afurova nomzodi taklif etilib, boshqaruv a’zolari tomonidan ma’qullangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-04-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют