» » Rasman: Erling Holand Dortmundning “Borussiya”siga o‘tdi

Rasman: Erling Holand Dortmundning “Borussiya”siga o‘tdi


Dortmundliklar “Zalsburg” klubidan 19 yoshli to‘purarni sotib oldi.

Erling Holand “Borussiya” klubi bilan 2024-yil yoziga qadar shartnoma imzoladi. Holand 3-yanvar kuni nemis klubi safiga qo‘shiladi. U 4-yanvar kuni jamoa bilan birga Ispaniyadagi yig‘inga yo‘l oladi.

Qayd etish joiz, Holand joriy mavsum Chempionlar Ligasida 6 ta o‘yinda 8 ta gol urishga erishdi. To‘purarlar poygasida faqat 10 ta gol urgan Robert Levandovskidan ortda qolmoqda.

“Borussiya” futbolchi uchun “Zalsburg”ga 30 million yevro to‘lagani aytilmoqda. Unga “Manchester Yunayted”, “Leypsig” kabi klublar ham da’vogarlik qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-12-2019, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют