» » “Barselona” futbolchisi “Inter”ga o‘tadi

“Barselona” futbolchisi “Inter”ga o‘tadi


Milanning “Inter” klubi “Barselona”ning chililik yarim himoyachisi Arturo Vidal bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi, deb yozadi italiyalik taniqli jurnalist Nikolo Skira.

Ta’kidlanishicha, “Inter” Vidal bilan 2022-yil yoziga qadar shartnoma tuzadi. U bu vaqt davomida jami 16,5 million yevrodan ortiqroq mablag‘ga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Unga ko‘ra, Vidal mavsumning qolgan qismida 4,5 million yevro maosh olsa, kelasi mavsum uchun u 6 million yevroga ega bo‘ladi.

Futbolchinign agenti ayni damda “Barselona” bilan muzokara olib bormoqda. Kataloniyaliklar futbolchi uchun 20 million yevro so‘ramoqda. “Inter” esa futbolchini keyinchalik 12 million yevroga sotib olish sharti bilan ijaraga olish niyatida.

Joriy mavsum 32 yoshli Vidal “Barselona” safida La Liga doirasida 14 ta o‘yin o‘tkazib, beshta gol urdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-12-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют