» » Idlibdagi qurbonlarning jasadlaridan zarin izlari topildi

Idlibdagi qurbonlarning jasadlaridan zarin izlari topildi


Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Suriyaning Idlib viloyatida, dastlabki taxminlarga ko‘ra, kimyoviy hujum oqibatida qurbon bo‘lganlarning jasadlari yorib ko‘rilganida, ularning tanasida zarin borligi aniqlangan. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

“Idlibda halok bo‘lgan uch kishining jasadi autopsiya qilinganida, zarin aniqlandi. Adana va Xatayda 31 nafar jabrlanuvchini davolash ishlari davom etmoqda”, — deya Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotini o‘qib eshittirdi NTV telekanali.

Avvalroq Syrian Network For Human Rights tashkiloti “Jibhat Fatx ash-Shom” guruhi nazorati ostida qolayotgan Idlib viloyatidagi Xon-Shayxun shahriga, katta ehtimol bilan, havodan kimyoviy zarba berilganini ma’lum qilgan edi.

Aviazarbada Suriya va Rossiya aviatsiyasi ayblandi. Biroq rasmiy Moskva va rasmiy Damashq mazkur hodisaga aloqador ekanini rad etmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-04-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют