» » Olmazorda avtobus piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi kasalxonada vafot etgan

Olmazorda avtobus piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi kasalxonada vafot etgan


Toshkent shahrining Olmazor tumanida 5-aprel, chorshanba kuni oqshomda o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” nashri xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, shahar atrofida harakatlanuvchi 472-yo‘nalishdagi Isuzu avtobusi 26 yoshli erkakni urib yuborgan. Kuchli zarb natijasida piyoda qarama-qarshi qatnov qismiga uchib ketib, Matiz avtomashinasi g‘ildiraklari ostida qolgan.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 26 yoshli piyoda olingan jarohatlar natijasida shahar kasalxonalaridan birida vafot etgan. Hozirgi vaqtda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-04-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют