» » Ronaldu, Messi va Kendall Jenner. Instagram’ning eng boy yulduzlari e’lon qilindi (foto)

Ronaldu, Messi va Kendall Jenner. Instagram’ning eng boy yulduzlari e’lon qilindi (foto)


“Yuventus” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2019-yilda Instagram’dagi akkaunti orqali hammadan ko‘p daroma ko‘rdi. U Buzz Bingo kompaniyasi tomonidan tuzilgan ijtimoiy tarmoqning eng boy yulduzlari reytingini boshqarmoqda. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, portugaliyalik sportchi 38,2 million funt sterling daromad ko‘rgan. Tahlilchilarning baholashicha, KriRo bitta homiylik postidan taxminan 780 ming funt sterling mablag‘ ishlagan.

Ikkinchi o‘rinni 2019-yilda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan argentinalik Lionel Messi egalladi. 2019-yilda Instagram’da qo‘yilgan homiylik postlari unga 18,7 million funt daromad keltirgan.

Uchlikni amerikalik supermodel Kendal Jenner yakunlab bergan. U yil davomida ijtimoiy tarmoq orqali 12,7 million funt ishlab topgan.

Shuningdek Instagram’ning eng boy yulduzlari qatoriga sobiq futbolchi Devid Bekxem va “PSJ” forvardi Neymar, qo‘shiqchi Selena Gomes, model Kayli Jenner va uning opasi Xloya Kardashyan ham kirgan.

Mavzuga doir: 

Kayli Jenner o‘tgan yilning mart oyida o‘zi millionlab pullar ishlab topgan eng yosh milliarder ayol deb e’tirof qilingandi. Model boyliklarining asosiy qismi ijtimoiy tarmoqlar orqali ishlab topilgan va keyinchalik biznesga aylanganini ta’kidlagan. Kayli ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilar soni ko‘pligi tufayli ular orqali biznesga qadam qo‘ygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-12-2019, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют