» » Surxondaryoda qariyb 27 ming dona pirotexnika vositalari musodara qilindi

Surxondaryoda qariyb 27 ming dona pirotexnika vositalari musodara qilindi


Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda pirotexnika vositalarini yashirincha sotmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tezkor tadbir davomida 5000 dona pirotexnika vositalarini yashirincha sotmoqchi bo‘lgan fuqaro X.A. tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.

Tadbir davom ettirilib, fuqaro X.A ning ko‘rsatmasiga binoan Muzrabod tumanida yashovchi fuqaro F.U.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida 6500 dona pirotexnika vositalari hamda 7 dona mushaklar borligi ma’lum bo‘lgan.

“Shundan so‘ng Termiz shahri Sariosiyo va Angor tumanlarida tezkor tadbir jadallashtirilib, huquqbuzar fuqarolar qo‘lga olinib, ularda noqonuniy savdoga chiqarilayotgan 15 119 dona pirotexnika vositalari mavjudligi aniqlandi”, — deyiladi xabarda.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jami 26 626 dona pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mavzuga doir: Ohangarondagi “Chinor” maskanida katta miqdordagi pirotexnika vositalari to‘xtatib qolindi

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-12-2019, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют