» » AQSh tomonidan “Hizbulloh” bazalariga berilgan aviazarbalar oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi

AQSh tomonidan “Hizbulloh” bazalariga berilgan aviazarbalar oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi


AQSh tomonidan Iroqdagi shialarning harbiylashtirilgan tashkiloti “Hizbulloh” bazalariga berilgan aviazarbalari oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi va yana 55 kishi jarohat oldi, deb xabar beradi Al Jazeera telekanali.

Mazkur aviazarba keyinroq AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Pentagon rahbari Mark Esper hamda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ishtirokida muhokama qilingan.

Telekanal manbasiga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida tashkilotning kamida to‘rt nafar komandiri bo‘lgan.

Hujumdan so‘ng, Pompeo, Esper va AQSh Qurolli Kuchlari birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasining raisi Mark Milli Donald Tramp bilan Mar-a-Lago qarorgohida uchrashib, Iroq va Suriyadagi obyektlarga hujum qilingani haqida xabar bergan.

Uchrashuvdan so‘ng Pentagon rahbari “o‘z-o‘zini mudofaa qilish yo‘lida barcha zarur chora-tadbirlar qo‘llanilishini, shuningdek, Eron yoki ko‘ngilli askarlar guruhi tomonidan amalga oshiriladigan harakatlarga oldingidek qarshi turilishini” ma’lum qildi. Barcha zarbalar F-15 qiruvchi samolyotlari tomonidan amalga oshirilgan.

Mavzuga doir: Harbiy havo kuchlari koalitsiyasi hujumi oqibatida Afg‘oniston g‘arbida 9 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Harbiy-havo kuchlari Iroq va Suriyadagi “Hizbulloh” harakatining obyektlarini bombardimon qilgandi. Harbiy idora vakillarining fikricha, bu kelajakda birlashgan koalitsiyaga hujumlar uyushtirilishiga xalaqit beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-12-2019, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют