» » O‘zbekiston fuqarosi Aqto‘beda yuz bergan YTH oqibatida halok bo‘ldi

O‘zbekiston fuqarosi Aqto‘beda yuz bergan YTH oqibatida halok bo‘ldi


“Aqto‘be—Martuk—Orenburg” avtomobil yo‘lida bir nechta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar berdi “KazAvtoJol”.

Fojia 29-dekabr kuni soat taxminan 14:30 da Aqto‘be shahridan 30 kilometr uzoqlikda yuz berdi.

Yo‘l-transport hodisasi 2 ta Lada Largus va BMW ishtirokida yuz berdi.

Qayd etilishicha, Largus Aqto‘be shahriga tomon ketayotganida yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va BMW bilan yuzma-yuz to‘qnashgan.

Lada yo‘l chetidagi ariqqa otilib ketib, birozdan so‘ng yona boshlagan. Mashina to‘liq yonib ketgan.

Lada’da O‘zbekiston fuqarolari ketayotgan edi. Ular avtomobildan chiqishga ulgurgan.  Fuqarolardan biri olingan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan. Yana 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi kasalxonada qolmoqda.

BMWda esa Turkiya fuqarolari ketayotgan bo‘lgan.

Yana bir Lada Largus avtomobili esa Rossiya chegarasi tomon ketayotgan edi. Unda ham O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. U zarbdan qochishga urinib, rulni burib yuborgan hamda BMWni urib yo‘l chetiga chiqib ketgan.

Qayd etilishicha, ikkinchi Lada Largus avtomobili yo‘lovchilari jarohatlanmagan, ularga tibbiy yordam ko‘rsatishga ehtiyoj bo‘lmagan.

YTH ishtirokchilarining barchasi erkaklar ekanligi aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-12-2019, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют