» » O‘zbekistonda Yangi yil bayrami kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi

O‘zbekistonda Yangi yil bayrami kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi


Sog‘liqni saqlash vazirligi 31-dekabr, 1—2-yanvarda bo‘lib o‘tadigan bayram kunlarida ham tibbiyot muassasalari uzluksiz, tun-u kun ishlashini ma’lum qildi.

“Bayram kunlari yurtimizdagi barcha tibbiyot muassasalarida tegishli jadval asosida shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlarining navbatchilik asosida faoliyat yuritishi yo‘lga qo‘yiladi”, — deyiladi vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Mamlakat bo‘ylab 2351 ta ambulatoriya-poliklinika muassasalari, tuman, viloyat va respublika miqyosidagi barcha shifoxonalar, ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari va mavjud 218 ta tug‘ruq komplekslari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari tizimidagi barcha bo‘limlar bayram kunlari navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-12-2019, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют