» » Olmazordagi xonadondan 4 ming dollardan ortiq pul o‘g‘irlagan bosqinchilar qo‘lga olindi

Olmazordagi xonadondan 4 ming dollardan ortiq pul o‘g‘irlagan bosqinchilar qo‘lga olindi


2017-yil 1-aprel kuni Olmazor tumanida yashovchi fuqaro Hakimovaning xonadoniga o‘zini “Toshissiqquvvati” unitar korxonasi xodimlari deb tanishtirgan noma’lum shaxslar bosqinchilik yo‘li bilan bostirib kirgan.

Jinoyatchilar fuqaro Hakimovaning qo‘l va oyoqlarini bog‘lab, 4 360 AQSh dollari va 1 300 000 so‘mlik pul va tilla buyumlarni qo‘lga kiritib, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida 2-aprel kuni ushbu jinoyatni 1993-yilda Samarqand viloyatida va 1997-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan ikki fuqaro sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Ikki fuqaroga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Ularning jinoiy sherigi — 1995-yilda tug‘ilgan fuqaro qidirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-04-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют