» » Xitoylik olim Xe Szyankuy dunyodagi ilk irsiy modifikatsiyalangan bolalarni yaratish bo‘yicha tajriba uchun 3 yilga qamaldi

Xitoylik olim Xe Szyankuy dunyodagi ilk irsiy modifikatsiyalangan bolalarni yaratish bo‘yicha tajriba uchun 3 yilga qamaldi


Xitoyning Shenchjen shahri sudi dunyodagi ilk irsiy modifikatsiyalangan bolalar tug‘ilishini ma’lum qilgan biolog Xe Szyankuyni uch yil qamoq jazosiga hukm qildi hamda uch million yuan (430 ming dollar) jarimaga tortdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Xe Szyankuyga ushbu tajribani o‘tkazishga yordam bergan ikki hamkasbi ham ikki va bir yarim yilga qamalgan. Ularga, shuningdek, 500 ming va bir million yuan (70 va 140 ming dollar) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Sud Xe Szyankuy va uning hamkasblarini bu uchta genetik jihatdan o‘zgartirilgan bolalarning tug‘ilishiga olib kelgan inson embrionining genlarini noqonuniy tartibga solishda aybdor deb topdi.

Sudda qayd etilishicha, olimlar vrachlik malakasiga ega bo‘lmagan hamda tajribada ishtirok etish uchun ko‘ngillilarni tanlab olish uchun etika bo‘yicha komissiya sertifikatini qalbakilashtirgan. Sudyaning fikricha, olimlarning harakatlari “shaxsiy manfaat va foydani ko‘zlashdan boshqa narsa emas”.

2019-yilning yanvar oyida Xitoyda DNKsi o‘zgartirilgan bolalar tug‘ilgani haqidagi ma’lumotlar rasman tasdiqlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-12-2019, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют