» » Zarafshonda ommaviy o‘lgan qarg‘alar laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazildi

Zarafshonda ommaviy o‘lgan qarg‘alar laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazildi


23-dekabr, dushanba kuni Zarafshon shahrining “Oltin vodiy” gazetasiga aholi tomonidan qarg‘alar “qabristoni” haqida ma’lum qilingan edi.

“Ekologuz” Telegram kanalining yozishicha, mazkur holat yuzasidan shahar ekologiya inspeksiyasi, obodonlashtirish hamda veterinariya bo‘limlariga so‘rov jo‘natilgan. Yaqinda tahririyatga shahar veterinariya bo‘limi tomonidan rasmiy javob keldi.

Unda qayd etilishicha, uchta qarg‘a murdasi viloyat hayvonlar kasalligi tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi laboratoriyasiga tekshiruvga jo‘natilgan. Laboratoriya xulosalariga ko‘ra, qushlarda inson hayotiga xavf soladigan yuqumli kasalliklar aniqlanmagan. Qarg‘alar jasadlari tegishli tartibda krimatoriyada kuydirib yuborildi.

Mavzuga doir: Zarafshonda qarg‘alarning ommaviy o‘limi qayd etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-12-2019, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют