» » “Lokomotiv” va “Bunyodkor” mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

“Lokomotiv” va “Bunyodkor” mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi


Toshkentning “Lokomotiv” va “Bunyodkor” klublari Oliy liganing 2017-yilgi mavsumida ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Sergey Lushchan boshqaruvidagi “Bunyodkor” o‘z maydonida “Qizilqum”ni qabul qilib, 0:1 hisobida yengildi. Bunga qadar “qaldirg‘ochlar” “So‘g‘diyona” ustidan 1:0 hisobida zafar quchgan, “Olmaliq” hamda “Obod” bilan durang o‘ynagandi.

“Lokomotiv” esa “Sho‘rtan” maydonida 2 ta gol farqi bilan mag‘lub bo‘ldi — 0:2. O‘yinga ikki kun vaqt qolganida “Sho‘rtan” bosh murabbiy Aleksandr Volkovni iste’foga chiqargan va ikki futbolchi bilan shartnomani bekor qilgandi. Shundan keyin klub O‘zbekiston chempioni ustidan zafar quchishga erishdi.

O‘zbekiston Oliy ligasi
5-tur o‘yinlari
6-aprel, payshanba

Gol: Ilhom Yunusov, 41 (0:1).

Gollar: Umar Eshmurodov, 17 (1:0). Igor Taran, 78 (2:0).

Опубликовано: admin (7-04-2017, 06:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют