» » “Yuventus” 35 mln yevroga 19 yoshli futbolchi sotib oladi

“Yuventus” 35 mln yevroga 19 yoshli futbolchi sotib oladi


“Yuventus” klubi “Atalanta” yarim himoyachisi Deyan Kulusevski transferi borasida kelishuvga erishdi, deya xabar qilmoqda jurnalist Fabritsio Romano.

Ta’kidlanishicha, turinliklar klubi 19 yoshli futbolchi transferi uchun 35 million yevro to‘laydi. Bundan tashqari bonus pullari ham nazarda tutilgan.

Endi “Yuventus” Kulusevskining o‘zi bilan muzokaralar stoliga o‘tirgan va shaxsiy kelishuv shartlarini muhokama qilmoqda.

Kulusevski 2019/2020-yilgi mavsumni “Parma” safida ijarada o‘tkazmoqda. U A Seriyada 17 o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol va yettita samarali uzatma muallifiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-12-2019, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют