» » “Dehqonobodda bunday bozor borligi qashqadaryoliklar uchun uyat”. Zoir Mirzayev Dehqonoboddagi bozor muammosini o‘rgandi

“Dehqonobodda bunday bozor borligi qashqadaryoliklar uchun uyat”. Zoir Mirzayev Dehqonoboddagi bozor muammosini o‘rgandi


Qashqadaryo hokimi vazifasini bajaruvchi Zoir Mirzayev 31-dekabr kuni viloyatning Dehqonobod tumanidagi bozor muammosini voqea joyiga borib o‘rgandi, deya xabar bermoqda Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmati. Avvalroq tumandagi bozor muammosi haqida “Daryo”da maqola e’lon qilingan edi.

Mavzuga doir: “Odam yollab tadbirkorni turolmaydigan qilib kaltaklash buyurildi”. Dehqonobodda tadbirkorlar o‘rtasida mojaro kelib chiqdi

Zoir Mirzayev “Daryo”da tilga olingan maqoladagi bozorlar muammosiga e’tibor qaratgan va tumanning Boyqo‘rg‘on qishlog‘idagi har ikkala bozorni borib ko‘rgan.

“10 yildan ortiq vaqt davomida bozorga egalik qilgan tadbirkor biror bir ish qilmagan. Na savdogarlarga va na xaridorlarga sharoit yaratgan. Bozorni o‘z holicha tashlab qo‘yib, xaroba holga keltirgan”, – dedi Zoir Mirzayev “Tursunxon Bibizulayho dehqon oziq-ovqat bozori” faoliyati bilan tanishar ekan.

Viloyat rahbari bozor ichkarisi va mol bozorining ahvolini ko‘zdan kechirarkan, bunday bozor bugungi Qashqadaryo uchun uyatli holat ekanligini ta’kidlagan. “Mol bozori va oziq-ovqat bozorining bir-biriga yaqin joylashishi mumkin emas, ularning orasida kamida 150 metr masofa bo‘lishi kerak”, — deb aytgan Mirzayev.

Viloyat rahbari “Boyqo‘rg‘on bekligi dehqon oziq-ovqat bozori” faoliyatidan ham qoniqmagan, qurilishi yakunlanmagan bu bozor talabga javob bermasligini ta’kidlagan. Hokim oqsoqollarning fikrini eshitgach, har ikkala bozor faoliyatini to‘xtatib, “Tursunxon Bibizulayho dehqon oziq-ovqat bozori” o‘rnidan yangi bozor qurishni taklif qilgan.

“Bozor uchun yangi joy quriladi, qurilish uchun barcha qurilish materiallarini biz beramiz. Bozorni esa qishloq oqsoqollari hashar yo‘li bilan quradi — o‘zlari va’da berishdi. Yangi bozor qurilishi tugagach, bozorqo‘mlikka besh nafar nomzod qo‘yamiz va ishni eplaydigan tadbirkorga beramiz”, — deb aytgan Zoir Mirzayev.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi bozor qurilishi bitgunga qadar har dushanba kuni bo‘ladigan bozor “Boyqo‘rg‘on bekligi dehqon oziq-ovqat bozori”da davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-12-2019, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют