» » Erdo‘g‘on “chiriyotgan” Yevropani tanqid qildi

Erdo‘g‘on “chiriyotgan” Yevropani tanqid qildi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Yevropa endilikda demokratiya va inson huquqlari markazi hisoblanmasligini, millatchilik va zulm markaziga aylanganligini qayd etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Yevropa ushbu vaqtga yetib keldi. U bilan hammasi tugadi, u chiridi. Bugungi Yevropa demokratiya, inson huquqlari va erkinlik markazi emas, aksincha, zulm, zo‘ravonlik va millatchilik markazidir”, — dedi Turkiya yetakchisi.

Erdo‘g‘on Yevropani “chiriyotgan mintaqa” deb atab, bu yerda “millatchi partiyalar Yevropa yetakchilari va hukumatlarini qo‘lida o‘ynatishi”ni ta’kidladi.

“Yevropaning Turkiyaga ham, jahon hamjamiyatiga ham aytadigan gapi qolmadi”, — dedi Turkiya prezidenti.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют