» » Polsha bosh vaziri Sovet Ittifoqini natsistlar Germaniyasi bilan ittifoqchilikda aybladi

Polsha bosh vaziri Sovet Ittifoqini natsistlar Germaniyasi bilan ittifoqchilikda aybladi


Molotov—Ribbentrop pakti Sovet Ittifoqi va natsistlar Germaniyasi o‘rtasidagi ittifoqchilik kelishuvi bo‘lgan. Bu haqda Polsha bosh vaziri Mateush Moravetski ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.

Moravetski Varshavaning Ikkinchi jahon urushi boshlanishi hodisalariga munosabatini bayon qilgan va hozirgi Rossiya rasmiylarini stalinizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblagan.

“Dunyo tarixidagi eng manfur jinoyatchilardan biri bo‘lgan Stalinning eng asosiy qurboni — Rossiya xalqi haqiqatni bilishga haqli. Rossiyaliklar erkin insonlar ekanligi va Putinning hukumati oqlashga uringan taqdirda ham stalinizmni inkor etishiga ishonaman”, — deyiladi bayonotda.

Polsha bosh vazirining bayonoti Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 19-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yillik matbuot anjumanidagi so‘zlariga javob bo‘ldi. O‘shanda Putin SSSR Germaniya bilan hujum qilmaslik haqidagi shartnomani imzolagan oxirgi davlat bo‘lganini ta’kidlagandi.

Mavzuga doir: Putinning chiqishlaridan so‘ng Rossiya elchisi Polsha TIVga chaqirtirildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-01-2020, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют