» » Avstraliya sharqiy sohillaridagi o‘rmon yong‘inlari qurbonlari soni sakkiz kishiga yetdi

Avstraliya sharqiy sohillaridagi o‘rmon yong‘inlari qurbonlari soni sakkiz kishiga yetdi


Avstraliyaning sharqiy sohillarida kuzatilayotgan o‘rmon yong‘inlari oqibatida halok bo‘lganlar soni sakkiz kishiga yetdi. “TASS” xabariga ko‘ra, Yangi Janubiy Uels shtatida yetti kishi, Viktoriyada esa bir kishi halok bo‘lgan.

Xabar berishlaricha, Yangi Janubiy Uels shtatida olov 1-yanvarga o‘tar kechasi 176 ta turar joyni yo‘q qilgan, 50 mingdan ortiq aholi elektr ta’minotisiz qolgan. O‘t o‘chiruvchilar tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan aholi punktlaridagi yakuniy tekshiruvlar vaqtida qurbonlar soni oshishi mumkinligini ta’kidlamoqda, chunki ayrim shaharlardagi “uylarning 80 foizi yonib ketgan”.

Hozirgi vaqtda mintaqada 112 ta o‘rmon yong‘ini qayd etilgan bo‘lib, ulardan sakkiztasi hali qurshab olinmagan va yaqin-atrofdagi shaharlarga jiddiy xavf solmoqda. Olovga qarshi kurash uchun 2,5 ming o‘t o‘chiruvchi va yuzlab maxsus texnika, xususan, 90 ta samolyot jalb etilgan. Hafta oxiriga borib shtatda favqulodda jazirama va quruq havo hukmronlik qilishi, kuchli shamol esishi kutilmoqda, bu esa o‘t o‘chiruvchilarning ishini yanada og‘irlashtiradi.

Viktoriya shtatida esa Mallakoota shahrida vaziyat ayniqsa og‘ir. Bu yerda 5 mingga yaqin aholining shahardan chiqib ketish yo‘li olov bilan to‘silib qolgan, odamlar shahar plyajida jon saqlamoqda. Payshanba tongida Avstraliya harbiy dengiz kuchlarining Sidneydan yo‘lga chiqqan ikki harbiy kemasi bu yerga yetib kelib, odamlarni xavfsiz joyga ko‘chirishi kutilmoqda.

Shtat hududida 675 ming gektar o‘rmon olov ichida qolgan. Yong‘inlar oqibatida 50 dan ortiq turar joy vayron bo‘lib, bir kishi vafot etgan. Ayni vaqtda 45 ta alanga o‘chog‘i aniqlangan bo‘lib, ulardan 25 tasi hali qurshab olinmagan. 5 mingga yaqin uy elektr va boshqa asosiy ta’minotlarsiz qolgan. Yong‘inga qarshi kurashga mingga yaqin o‘t o‘chiruvchi safarbar etilgan.

Mavzuga doir: Foto: Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlari

Avstraliyaning sharqiy sohillaridagi keng miqyosli o‘rmon yong‘inlari oktabr oyi o‘rtalaridan beri davom etmoqda. Alangadan Yangi Janubiy Uels shtati ayniqsa jiddiy zarar ko‘rdi — bu yerda 3 million gektardan ziyod o‘rmon, xususan, milliy bog‘lar va koalalarning qo‘riqlanadigan yashash joylari yonib ketgan. Yong‘inlar oqibatida 12 kishi, jumladan, uch nafar o‘t o‘chiruvchi halok bo‘lgan, 30 nafari turli darajada tan jarohati olgan, besh kishi bedarak yo‘qolgan. Mingdan ortiq turar joy hamda 2,5 mingta ma’muriy va xo‘jalik binolari kulga aylangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-01-2020, 18:28)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют