» » O‘zbekistonda 2020-yilning ilk 18 soatida 1111 nafar chaqaloq dunyoga keldi

O‘zbekistonda 2020-yilning ilk 18 soatida 1111 nafar chaqaloq dunyoga keldi


2020-yilning 1-yanvar kuni soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1111 nafar chaqaloq tug‘ildi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri matbuot kotibi Furqat Sanayev ma’lum qildi. Taqqoslash uchun, O‘zbekistonda 2019-yilning 1-yanvar kuni soat 19:00 gacha 1442 nafar chaqaloq dunyoga kelgandi.

Yangi yilning dastlabki 18 soatida dunyoga kelgan chaqaloqlarning 572 nafari o‘g‘il bola, 539 nafari esa qiz bola bo‘lib, eng ko‘p bola Samarqand viloyatida (141 nafar) dunyoga keldi. Shuningdek, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar reytingi bo‘yicha Farg‘ona viloyati ( 137 nafar) va Qashqadaryo viloyati (134 nafar) kuchli uchlikni to‘ldirgan.

Tug‘ilganlarning to‘rt nafari esa egizaklardir. “Ayni paytda shifokorlarimiz ularning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishmoqda”, — deydi Furqat Sanayev.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-01-2020, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют