» » Milliy TV: Novatorlik va an’analar

Milliy TV: Novatorlik va an’analar


O‘tgan yilning sentabr oyidan boshlab o‘zbek televideniyesida yangi xususiy Milliy TV (MTV) telekanali o‘z faoliyatini boshladi. Telekanal faoliyatining ilk vaqtidanoq o‘zini namoyon etdi, o‘zbek xalqining milliy an’analariga yangicha yondashuv esa kanalning asosiy vazifalaridan biri bo‘ldi.

Milliy TV musiqiy-ko‘ngilochar va ma’rifiy kanal sifatida barcha tomoshabinlar uchun faoliyat yuritadi. Telekanal efiri musiqiy va ko‘ngilochar ko‘rsatuvlar, madaniy-ma’rifiy dasturlar, bolalar uchun mo‘ljallangan loyihalar hamda milliy va xorijiy badiiy filmlar, seriallar, animatsion kartinalar (multfilmlar) bilan to‘ldirilgan.

Milliy TV ikki tilda efirga uzatiladi, bunda efirning 70 foizi o‘zbek tiliga, 30 foizi esa rus tiliga ajratilgan. 2017-yilning 1-yanvaridan telekanal to‘liq efirga o‘tdi.

Husan Solihov, Milliy TV direktori:

“MTV boshqa mahalliy telekanallardan o‘zbek madaniyatiga o‘ziga xos bo‘lgan yondashuvi va qarashi bilan ajralib turadi. Bugun O‘zbekiston butun dunyoga o‘zini namoyon etadigan vaqt keldi, davlatimiz esa zamon bilan hamnafas odimlayotgan mamlakatdir. MTV ushbu yangilanishlarga bo‘lgan talabni, yuksalishni, mas’uliyatni his qilgan holda bu borada bugungi kun talabiga javob beradigan kontent yaratmoqda”.

Hozirda telekanal efiridan tomoshabinlarga sevimli bo‘lib qolgan tonggi “Shirchoy” ko‘rsatuvi, o‘zbek xonandalari mashhur xit taronalarni jonli ijroda taqdim etadigan “Jonli ijro” musiqiy loyihasi,  “Otalar so’zi” ma’rifiy ko‘rsatuvi hamda O‘zbekistondagi birinchi  kechki ko‘ngilochar shou dasturi bo‘lgan  “MTV Show” joy olgan. Har bir ko‘rsatuvlarni tayyorlashda iqtidorli teleboshlovchilar, prodyuserlar, rejissorlar, muharrirlar va texnik xodimlardan iborat telekanalning kreativ jamoasi ish olib boradi.

Shuhrat Rasulov, Milliy TV texnik direktori:

“MTV kanalining tasvirga olish studiyasi FullHD formatidagi zamonaviy so‘nggi avlod Sony kameralari bilan jihozlangan. Kanalning mediamahsulotlari tasmasiz texnologiya asosiga qurilgan, ya’ni ko‘rsatuvlarni tasvirga olishdan boshlab to uni efirga uzatishga qadar bo‘lgan jarayonlar raqamli formatda amalga oshiriladi. Bizning jamoa texnika imkoniyatlaritdan 90 foiz foydalanadilar. Yaqin vaqtlarda to‘liq HD formatiga o‘tishni ham rejalashtirganmiz”.

Milliy TV’ning hududiy qamrovi butun O‘zbekistonni qamraydi. Telekanal  o‘z sayti (http://milliy.tv )ga ega.

Milliy TV o‘z ko‘rsatuvlarini tayyorlash va efirga uzatishdan tashqari, ijtimoiy roliklar ham suratga oladi. Telekanal tomonidan tayyorlangan shunday roliklardan biri xorijda yashayotgan vatandoshlarimizga bag‘ishlangan. Ushbu video tomoshabinlar orasida keng ommalashdi. Shuningdek, telekanal Vatan himoyachilari kuni, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan roliklar ham tayyorlagan.

Navro‘z bayramiga sovg‘a sifatida esa Milliy TV o‘z mobil ilovasini yaratdi. Ilova yordamida sevimli ko‘rsatuvlarni dunyoning istalgan nuqtasidan turib tomosha qilish mumkin. Mazkur mobil ilovani GooglePlay va AppStore’dan bepul yuklab olish mumkin.

 

 

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (7-04-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют