» » Pol Pogba yana jarohat oldi

Pol Pogba yana jarohat oldi


“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba jarohat sabab bir necha hafta maydonga tusha olmaydi.

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher ma’lum qildi.

“Unda jarohat bor. Pogbaning boldir suyagi bilan tovon suyagini biriktiruvchi bo‘g‘inida muammo mavjud. U bir necha haftani o‘tkazib yuboradi”, — deydi norvegiyalik mutaxassis.

Avvalroq fransiyalik futbolchi jarohat sabab oktabr va noyabr oylaridagi o‘yinlarni o‘tkazib yuborgandi. Pogba dekabrda ikkita uchrashuvda ishtirok etdi va ularning ikkisida ham zaxiradan maydonga tushgandi.

Futbolchi Angliya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan “Arsenal”ga qarshi kechgan o‘yin (0:2) qaydnomasidan ham joy olmagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-01-2020, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют