» » Xoms gubernatori: AQShning Suriyaga raketa hujumlari terrorchilarning maqsadlari yo‘lida xizmat qiladi

Xoms gubernatori: AQShning Suriyaga raketa hujumlari terrorchilarning maqsadlari yo‘lida xizmat qiladi


AQSh qurolli kuchlarining Suriyaning Xoms provinsiyasidagi aerodromga raketa zarbalari “qurolli terrorchilik guruhlarining maqsadlari” yo‘lida xizmat qiladi. Bu haqda ushbu provinsiya gubernatori Talal Baraziy telekanallardan biriga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.

“Suriya rahbariyati va Suriya siyosati o‘zgarmaydi”, — dedi Talal Baraziy. “Bu birinchi zarba emas, va men bu oxirgisi ham bo‘lmaydi, deb o‘ylayman”, — deya qo‘shib qo‘ydi u.

Gubernator aytishicha, AQSh zarba bergan aviabaza Suriya armiyasi tomonidan IShIDga qarshi kurashish uchun foydalanilgan.

6-aprel, payshanba kuni AQSh qurolli kuchlari prezident Donald Tramp buyrug‘i bilan Suriyaning Xoms provinsiyasidagi harbiy aerodromga qarata 59 ta qanotli Tomahawk raketalarini uchirdi. Raketa zarbasi 4-aprel kuni Suriyaning Idlib provinsiyasida kimyoviy quroldan foydalanilgani uchun javob bo‘ldi. AQSh rahbariyati taxmin etilayotgan kimyoviy hujum ushbu aerodromdan boshlangan, deb hisoblaydi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (7-04-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют