» » O‘zbekistonda yangi yilning birinchi kunida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda yangi yilning birinchi kunida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi


Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yangi yilning birinchi kunida 1974 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu so‘nggi uch yildagi eng yuqori ko‘rsatgich hisoblanib, 2018-yilning xuddi shu kuni 1961 nafar, 2019-yilning 1-yanvar kuni esa 1708 nafar chaqaloq dunyoga kelgandi. Avvalroq 2020-yilning 1-yanvar kuni soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1111 nafar chaqaloq tug‘ilgani haqida xabar berilgandi.

1-yanvar kuni tug‘ilgan chaqaloqlarning 970 nafari qiz, 1004 nafari esa o‘g‘il bola bo‘lib, eng ko‘p bola Samarqand viloyatida (235 nafar), ikkinchi o‘rinda Andijon viloyati (212 nafar) va uchinchi o‘rinda esa Farg‘ona viloyati (196 nafar)da tug‘ildi. Shuningdek, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar reytingining so‘nggi o‘rinlaridan Navoiy viloyati 46 nafar, Sirdaryo viloyati 51 nafar va Jizzax viloyati 75 nafar ko‘rsatkich bilan joy oldi. Chaqaloqlarning 10 nafarini egizaklar tashkil qiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2020-yilning ilk 18 soatida 1111 nafar chaqaloq dunyoga keldi

“Bayram munosabati bilan davom etayotgan dam olish kunlarida mavjud 218 ta tug‘ruq kompleksida 2593 nafar tibbiyot xodimi, jumladan, 389 nafar akusher ginekolog, 276 nafar neonatolog, 1928 nafar doya va hamshira tun-u kun faoliyat ko‘rsatishmoqda”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-01-2020, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют