» » “Bunyodkor” ustozi Sergey Lushchan uni haydab yubormagunlaricha o‘zi ishdan ketmasligini aytdi

“Bunyodkor” ustozi Sergey Lushchan uni haydab yubormagunlaricha o‘zi ishdan ketmasligini aytdi


“Bunyodkor” klubi o‘z tarixida ilk bor Toshkentda “Qizilqum”ga imkoniyatni boy berdi. Oliy liga 5-turi doirasida Navoiy klubini qabul qilgan Sergey Lushchan jamoasi 0:1 hisobida yengildi.

O‘yindan keyin klub bosh murabbiyi jurnalistlar bilan matbuot anjumanida ishtirok etib, haydab yubormagunlaricha o‘z lavozimini tark etmasligi haqida aytdi.

Iste’fo? Men iste’fo bermayman! Iste’foni vaziyatni o‘nglolmaydigan murabbiylar beradi. Men mavjud vaziyatni o‘nglashni istayman va bu qo‘limdan keladi. Hali hech narsa yo‘qotilmagan. OChLda ham imkoniyatimiz bor.

Rahbariyat meni ishdan olsa — boshqa gap, ortiqcha savolim yo‘q. Lekin men o‘zim iste’fo bermayman! “Bunyodkor”dan meni haydamagunlaricha ishlayveraman.

Ariza yozib ishdan ketish — eng osoni. Men qiz bola emasman ketib qoladigan. Men buni avval ham aytgandim. Oxirgi imkoniyatgacha ishlayman. Agar ichingizda nozik jins vakillari bo‘lsa, bu aniq men emasman.

Sergey Lushchan, “Bunyodkor” bosh murabbiyi

Sergey Lushchanning aytishicha, “Qizilqum” o‘yin davomida faqatgina 1 ta aniq zarba bergan va u gol bilan yakunlangan. O‘zining shogirdlari esa hujumda hech narsa qila olmagan.

Ma’lumot uchun, Lushchan boshqaruvida “Bunyodkor” OChL guruh bosqichidan ketma-ket ikki bor chiqa olmay, klub antirekordini o‘rnatgandi. Bu mavsum esa guruh bosqichidagi har uchala o‘yinda ham mag‘lub bo‘lib ulgurdi.

Klubni ketma-ket ikki bor O‘zbekiston chempionatida uchlikka ham olib kira olmay, boshqa bir antirekordni qayd etgan Lushchan, joriy mavsumning ketma-ket uch o‘yinida ochko yo‘qotdi. “Olmaliq” va “Obod”ni mag‘lub eta olmagan “Bunyodkor”, o‘z maydonida “Qizilqum”ga imkoniyatni boy berdi.

Опубликовано: admin (7-04-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют