» » Qashqadaryo hokimligi: Zoir Mirzayev qo‘ylarni so‘yish haqida topshiriq bermagan

Qashqadaryo hokimligi: Zoir Mirzayev qo‘ylarni so‘yish haqida topshiriq bermagan


Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoir Mirzayev viloyatning Nishon tumanidagi dalani payhon qilgan 21 ta qo‘yni so‘yib tashlash haqida topshiriq bermagan. Bu haqda hokimlik axborot xizmati ma’lum qildi.

2-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlar va internet-nashrlarda Nishon tumanidagi “Otamurod ota” fermer xo‘jaligida dalani payhon qilgan 21 bosh qo‘y viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoir Mirzayevning topshirig‘iga asosan, viloyat qishloq xo‘jaligi inspeksiyasi boshlig‘i Akrom Aripov nazorati ostida so‘yilib, go‘shti kam ta’minlangan oilalar va qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlayotgan ustalarga berilgani xabarlar tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati inspeksiya rahbari Akrom Aripov bilan bog‘lanib, vaziyat bo‘yicha izoh olgan (ayni vaqtda voqea aynan qachon sodir bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan). Aripovning qayd etishicha, Zoir Mirzayev unga “qonun doirasida ish ko‘rilishi kerak”ligi haqida topshiriq bergan, biroq qo‘ylarni so‘yib tashlagin, deb aytmagan.

“Keyinroq viloyat hokimligi matbuot xizmati ushbu holat bo‘yicha yanada batafsil berishni maqsad qilgan”, — deyiladi viloyat hokimligi axborotida.

Ma’lumot uchun, hukumatning 2008-yil 10-dekabrdagi qaroriga muvofiq, “ekinzorlar payhon qilingan joyda ushlangan chorva mollarining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga topshirilishi hamda ular faqat chorva mollari egasiga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralari qo‘llangandan so‘ng va yetkazilgan zarar to‘liq undirib olingandan keyin qaytarib berilishi” kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2020, 07:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 28) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют