» » Chinozlik Murodboy ishi bo‘yicha tergov yakunlandi. U sheriklari bilan birga salkam 27 mln dollarni qo‘lga kiritganlikda gumon qilinmoqda

Chinozlik Murodboy ishi bo‘yicha tergov yakunlandi. U sheriklari bilan birga salkam 27 mln dollarni qo‘lga kiritganlikda gumon qilinmoqda


O‘zbekiston DXX Tergov boshqarmasi tomonidan tergov qilingan Ahmadjon Tursunboyevga nisbatan jinoyat ishidan alohida ish yurituviga ajratib olingan, xalq orasida “Murodboy” nomi bilan tanilgan Mirzamurod Yunusaliyevga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergov harakatlari nihoyasiga yetdi. Bu haqda IIV Tergov departamenti ma’lum qildi.

2017-yil may oyidan qidiruvda bo‘lgan Mirzamurod Yunusaliyev 2019-yil 27-aprelida qo‘lga olingan. Shundan so‘ng, u qidiruvdaligi bois harakatdan to‘xtatib qo‘yilgan jinoyat ishi qayta tiklanib, IIV huzuridagi Tergov departamentining ish yurituviga qabul qilib olingan.

Tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, Mirzamurod Yunusaliyev 2016-yil yanvarida “Erkin Avto Diller” nomli mas’uliyati cheklangan jamiyatni ta’sis etib, fuqarolarning mol-mulkini qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritish maqsadida, mazkur jamiyat faoliyatini niqob qilgan holda “moliyaviy piramida” deb nomlanuvchi iqtisodiy tuzilma tashkil etgan.

U bu tuzilmaga o‘zining 10 ga yaqin jinoiy sheriklarini jalb qilib, ular yordamida 6636 ta holatda 4000 nafarga yaqin fuqarolarni avtotransport vositalari, ko‘chmas mulk obyektlari va naqd pullarini bir yil yoki 10 oy davomida ikki barobar qilib qaytarish haqida yolg‘on va’dalar berib, fuqarolarning jami 26,87 million dollar va 18 milliard so‘m miqdordagi pul va boshqa mol-mulklarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Jinoyat ishi yuzasidan Toshkent viloyati Chinoz, Yangiyo‘l, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida tergov guruhi shtablari tashkil qilinib, jabrlanuvchilarni tergovga jalb qilish choralari ko‘rilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha qariyb 8 milliard so‘mlik 18 ta ko‘chmas mulk obyektlari (uy, choyxona, do‘kon binosi, noturar bino va inshootlar) xatlangan. Fuqarolarga tegishli 85 ta yengil avtomashinalar ashyoviy dalil tariqasida olingan. Ushbu avtomashinalarning barchasi belgilangan tartibda baholanib, o‘z egalariga qaytarilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha Mirzamurod Yunusaliyev va uning jinoiy sheriklariga eski tahrirdagi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari bilan ayb e’lon qilinib, qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlanib, sudga yuborish choralari ko‘rilmoqda.

Ma’lumot uchun, 1984-yilda Chinoz tumanida tug‘ilgan Mirzamurod Yunusaliyev ham 2015-yilga qadar chinozlik Ahmadboyning yugurdaklaridan bo‘lgan va, xalq orasida, xuddi ustozi kabi Murodboy nomini olgan edi. 2016-yil yozida Ahmadboy qo‘lga olinganida, Murodboyga tegishli avtoturargohlarda aholidan ikki hissa qaytarish va’dasi bilan olingan 100 dan ortiq turli rusumdagi avtomobillar borligi aniqlangan, uning o‘zi yashash manzilidan qochib ketib, qidiruvga berilgandi. 2019-yil yozida IIV Murodboydan jabrlangan fuqarolarga murojaat qilgan va tergov jarayonida ishtirok etishni so‘ragan edi.

Mavzuga doir: Ahmadboy: “Pulning hammasi talon-toroj bo‘lib ketgan”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2020, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют