» » Eronlik generalning o‘ldirilishi haqidagi xabarlardan so‘ng neft 3 foizga qimmatlashdi

Eronlik generalning o‘ldirilishi haqidagi xabarlardan so‘ng neft 3 foizga qimmatlashdi


Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK)ning “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniyning o‘ldirishi haqidagi xabarlar fonida Brent markasidagi neft narxi 68 dollardan oshdi. Eronlik general AQSh aviazarbasi oqibatida halok bo‘lgan edi.

Qit’alararo birjadagi savdolarning Toshkent vaqti bilan 8:50 dagi holatiga ko‘ra, Brent markasidagi neft qorishmasining mart oyi uchun fyucherslari narxi 3,15 foizga o‘sib, 68,15 dollarga yetgan. WTI neftining fevral oyi fyucherslari 2,8 foizga o‘sib, 62,83 dollarga yetgan. Savdolar boshlangan chog‘da WTI neftining narxi bir barrel uchun 63,81 dollargacha ko‘tarilgan edi.

AQSh 3-yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dod xalqaro aeroportiga aviazarba bergan. Hodisa oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgan. Aviazarba AQSh prezidenti Donald Trampning farmoyishiga asosan berilgani aytilmoqda. Pentagonning ta’kidlashicha, o‘ldirilgan general Sulaymoniy amerikalik diplomatlarga hujum uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lgan.

Mavzuga doir: AQSh Bag‘dod aeroportiga aviazarba berib, eronlik nufuzli generalni yo‘q qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2020, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют