» » Eron tashqi ishlar vaziri Bag‘dodda IIMK generalining o‘ldirilishini terrorchilik akti deb atadi

Eron tashqi ishlar vaziri Bag‘dodda IIMK generalining o‘ldirilishini terrorchilik akti deb atadi


Eron tashqi ishlar vaziri Javad Zarif Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK)ning “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishini AQSh tomonidan amalga oshirilgan terrorchilik akti deya baholadi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Sulaymoniy AQSh prezidenti Donald Tramp farmoyishiga asosan Bog‘dod aeroporti yaqiniga berilgan aviazarba oqibatida halok bo‘lgandi. Shuningdek, yana yetti kishi, jumladan, Iroq xalq ko‘ngillilari a’zolari ham halok bo‘lgan.

“IShID, ‘Al-Nusra’ va ‘Al-Qoida’ kabi terrorchilik guruhlari bilan kurashish yo‘lida samarali hisoblangan general Sulaymoniyning o‘ldirilishi AQShning xalqaro terrorchilik akti bo‘lib, favqulodda xavfli va chuqur eskalatsiya hisoblanadi”, — deydi Eron TIV rahbari. Vazirning ta’kidlashicha, AQSh o‘zining “firibgarona qaltis ishlariga” javob beradi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, 31-dekabr kuni AQShning Bag‘doddagi elchixonasi oldida norozilik namoyishlari boshlangan edi, bunga AQSh tomonidan shialarning “Kataib Hizbulloh” jangari guruhi lageriga aviazarba bergani sabab bo‘lgan. Namoyishchilar diplomatik vakolatxona binosini shturm bilan egallashga uringan, ularni tarqatish uchun amerikalik harbiylar ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan. Vashington o‘z elchixonasini qo‘riqlash uchun yana 750 nafar harbiyni Iroqqa yuborishini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2020, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют