» » Eronda general Qosim Sulaymoniy vafoti sababli 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi

Eronda general Qosim Sulaymoniy vafoti sababli 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi


Eron oliy yetakchisi Oyatulla Ali Xomanaiy Iroqda general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgani sababli mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qildi. “TASS”ning xabar berishicha, bu haqda Eronning “Press-TV” telekanali ma’lum qilgan.

“Eron yetakchisi Ali Xomanaiy general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilishini qoraladi va mamlakatda 3 kunlik milliy motam kuni e’lon qildi. Bundan tashqari, u Sulaymoniy o‘limida aybdor bo‘lganlardan o‘ch olishga va’da berdi”, — deyiladi telekanalning Twitter’dagi sahifasida e’lon qilingan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, AQSh Bag‘dod aeroportiga aviazarba berib, eronlik nufuzli generalni yo‘q qilgan edi. Zarba nishoni AQSh prezidenti Donald Tramp farmoyishiga asosan Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK)ning “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy bo‘lgan — hujum oqibatida u halok bo‘lgan. Rasmiy Vashington IIMKni terrorchilik tashkiloti deb hisoblaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2020, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют