» » Surxondaryoda Lacetti haydovchisi YTH sodir etib, jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatmadi. Piyoda halok bo‘lgan

Surxondaryoda Lacetti haydovchisi YTH sodir etib, jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatmadi. Piyoda halok bo‘lgan


M-39 “Olmaota—Bishkek—Toshkent—Termiz” yo‘lining Surxondaryo viloyati Angor tumanidan o‘tgan 1425-kilometrida 1-yanvar kuni soat 8:00 atrofida inson o‘limi bilan tugagan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deya xabar bermoqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi.

Noma’lum haydovchi noma’lum transport vositasi bilan Angor tumanida yashagan, 1989-yilda tug‘ilgan D.A.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi joyidan yashiringan. “Natijada piyoda D.A. voqea joyida halok bo‘lgan”, — deyiladi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabarida.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Qiziriq tumanida yashovchi, 1980-yilda tug‘ilgan Sh.B. o‘z boshqaruvidagi Lacetti rusumi avtomobilida sodir etganligi aniqlanib, shu kuni ushlangan. YHXBBning alohida qayd etishicha, hodisa piyoda yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotganida yuz bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2020, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют