» » Qashqadaryodagi qo‘ylarning so‘yib tashlanishi voqeasi prokuratura tomonidan nazoratga olindi

Qashqadaryodagi qo‘ylarning so‘yib tashlanishi voqeasi prokuratura tomonidan nazoratga olindi


Qashqadaryoda dalani payhon qilgan qo‘ylar viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoir Mirzayev topshirig‘iga ko‘ra so‘yib tashlangani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Videoda o‘zgalar mulki bo‘lgan qo‘ylar so‘yilib, kam ta‘minlangan fuqarolar va ustalarga tarqatilayotgani aytilgan. O‘z navbatida, viloyat hokimligi Zoir Mirzayev qo‘ylarni so‘yish haqida topshiriq bermaganini ma’lum qilgan.

Qashqadaryo viloyati prokuraturasi ham ushbu voqea yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Idoraning bayonotida ma’lum qilinishicha, mazkur videolavhada viloyat qishloq xo‘jaligi inspeksiyasi boshlig‘i Akrom Aripov, Nishon tumani IIB boshlig‘i Dilshod Umarov, Ibn Sino hududidagi “Otamurod ota” fermer xo‘jaligi rahbari Sherzod Bobonazarov hamda dalani payhon qilgan 21 bosh qo‘y egasi Abdurashid Azamatov ishtirokida viloyat hokimi topshirig‘iga ko‘ra, g‘alla maydonini payhon qilingani uchun fermer xo‘jaligi rahbari va qo‘ylar egasiga tegishli 1 tadan (jami 2 bosh) qo‘yni so‘yib, kam ta’minlangan oilalarga tarqatilishi holati aks ettirilgan.

Mazkur holat Nishon tumani prokuraturasining “Shakl-1” kitobiga ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda xizmat tekshiruvi tayinlangan bo‘lib, tarqatilgan vediolavhaning haqqoniyligi, qachon, qayerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlar o‘rganilmoqda. “O‘rganish natijalari har tomonlama qonun doirasida ko‘rib chiqilib, qonuniy qaror qabul qilinishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan”, — deyiladi viloyat prokuraturasida bayonotida.

Ma’lumot uchun, hukumatning 2008-yil 10-dekabrdagi qaroriga muvofiq, “ekinzorlar payhon qilingan joyda ushlangan chorva mollarining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga topshirilishi hamda ular faqat chorva mollari egasiga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralari qo‘llangandan so‘ng va yetkazilgan zarar to‘liq undirib olingandan keyin qaytarib berilishi” kerak.

Buxoroda ham 2018-yilning oktabr oyida shu kabi ikki hokat sodir bo‘lgandi. Paxtani payhon qilgan qo‘ylar va bir bosh echki so‘yilib, go‘shti kam ta’minlangan oilalar va bog‘chaga tarqatilgan. Ikkala holat yuzasidan ham Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 104-moddasi (ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yo‘q qilib yuborish, ko‘chatlarga shikast yetkazish)ga asosan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2020, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют