» » Kelesda Mercedes mingan mast haydovchi 1-yanvar tongida yo‘l chetida turgan tengdoshini bosib ketdi

Kelesda Mercedes mingan mast haydovchi 1-yanvar tongida yo‘l chetida turgan tengdoshini bosib ketdi


1-yanvar kuni soat taxminan 05:30 da, Toshkent viloyatining Toshkent tumanida shu tumanda yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan A.Z. ismli fuqaro Mercedes-Benz avtomobilini mast holda boshqarayotib, yo‘l chetidagi piyoda, Toshkent tumanida yashagan, 1977-yilda tug‘ilgan P.D.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi joyidan yashiringan.

Natijada piyoda P.D. voqea joyida halok bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida haydovchi Z.A. aniqlanib, 1-yanvarning o‘zida ushlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH haydovchining spirtli ichimlikdan mast holda avtomobil boshqarishi, qalin tumani tushganligi sababli piyodani ko‘rmay qolishi oqibatida sodir bo‘lgan.

“Mazkur holat bo‘yicha Toshkent tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2020, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют