» » Hasanboy Do‘stmatov va Uzbek Tigers’ning eng kuchli uch bokschisi Qirol kubogi–2017 finalida jang qiladi

Hasanboy Do‘stmatov va Uzbek Tigers’ning eng kuchli uch bokschisi Qirol kubogi–2017 finalida jang qiladi


Tailand poytaxti Bangkok shahrida 6-aprel kuni boks bo‘yicha tashkil etilgan Qirol kubogi–2017 xalqaro turnirining yarim finallari bo‘lib o‘tdi.

Avvalroq musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan yetti nafar bokschilan uch nafari – Jasurbek Latipov (-52 kg), Shahobiddin Zoirov (-56 kg) va Murodjon Ahmadaliyev (-60 kg) yarim finalga o‘z yurishini to‘xtatib, bronza medaliga ega bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

“Sports.uz” nashrining ma’lum qilishicha, qolgan 4 nafar bokschi Qirol kubogi–2017 final yo‘llanmasiga ega chiqdi. -49 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan Hasanboy Do‘stmatov final yo‘llanmasi uchun kechgan bellashuvda KXDR vakili Kim Yun Songni katta ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratdi.

-64 kilogramm vazn toifasida ringga chiqayotgan Elnur Abduraimov yarim finalda hindistonlik Rohit Tokasni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, og‘irligi -69 kilogramm bo‘lgan bokschilar bahsida Shahram G‘iyosov qatarlik Txarimalungan Txulasidan ustun keldi. -75 kilogramm vazn toifasida Isroil Madrimov yarim final jangida tailandlik Tirapong Deyeni yengdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 09:58)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют