» » Tramp buyrug‘i bilan general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi oqibatida oltin va neft narxi keskin ko‘tarildi

Tramp buyrug‘i bilan general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi oqibatida oltin va neft narxi keskin ko‘tarildi


Pentagon Bag‘dod xalqaro aeroporti yaqinidagi marraga aviazarba berdi. Zarba nishoni Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK)ning “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy bo‘lgan — hujum oqibatida u halok bo‘lgan. Zarba AQSh prezidenti Donald Tramp farmoyishiga asosan berilgan. Rasmiy Vashington IIMKni terrorchilik tashkiloti deb hisoblaydi.

Eron tashqi ishlar vaziri Javad Zarif Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK)ning “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishini AQSh tomonidan amalga oshirilgan terrorchilik akti deya baholadi.

Eron oliy yetakchisi Oyatulla Ali Xomanaiy Iroqda general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgani sababli mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qildi.

Forbes’ning yozishicha, Sulaymoniyning o‘limidan keyin 2-yanvardan 3-yanvarga o‘tar kechasi Brent nefti narxi qariyb 4 foizga qimmatlashib, bir barrel uchun 68,86 dollarni tashkil etgan.

Sulaymoniyning o‘limi oltinning narxiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Fevralda yetkazib beriladigan oltinning narxi qariyb 1 foizga qimmatlashib, bir unsiya uchun 1524 dollarni tashkil etdi. Bu esa 2019-yilning 5-sentabridan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Mavzuga doir:

AQSh Bag‘dod aeroportiga aviazarba berib, eronlik nufuzli generalni yo‘q qildi

Eron tashqi ishlar vaziri general Sulaymoniyning AQSh tomonidan o‘ldirilishini terrorchilik harakati deb atadi

Eronda general Qosim Sulaymoniy vafoti sababli 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2020, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют