» » Behzod Hoshimov: O‘tgan 28 yilda to‘g‘ri qarorlar ham bo‘lgan, lekin noto‘g‘ri qarorlar ko‘pligi sabab O‘zbekiston eng qashshoq mamlakatlar qatorida

Behzod Hoshimov: O‘tgan 28 yilda to‘g‘ri qarorlar ham bo‘lgan, lekin noto‘g‘ri qarorlar ko‘pligi sabab O‘zbekiston eng qashshoq mamlakatlar qatorida


Taniqli iqtisodiyotchi Behzod Hoshimov Lazizbek Hamidovning “Ular” loyihasiga bergan intervyusida O‘zbekiston 1992-yilda Xitoydan yaxshiroq ko‘rsatkichga ega bo‘lgani holda, oradan 28 yil o‘tib Xitoy va Qozog‘istondan to‘rt karra qashshoqroq ekaniga noto‘g‘ri qarorlarning ko‘pligi sabab bo‘lganini ta’kidladi.

O‘tgan 28 yilda to‘g‘ri qarorlar ham bo‘lgan — to‘g‘ri qarorlar bo‘lmagan, deyish xato bo‘lardi. Lekin iqtisodiyotga hozirgi kun nuqtai nazaridan kelib chiqib qaraydigan bo‘lsak, men bir narsani ko‘p takrorlayman — O‘zbekistonda 1992-yilda kishi boshiga yalpi ichki mahsulot ulushi 600 dollar bo‘lgan, Xitoyda esa o‘sha vaqtda bu ko‘rsatkich 300 dollar bo‘lgan. Xitoyda hozir bu ko‘rsatkich 8000 dollar, bizda esa 1500. Tushunyapsizmi?!

Biz Xitoydan taxminan ikki barobar boyroq edik, lekin 28 yil ichida biz ulardan to‘rt barobarga kambag‘alroq bo‘lib qoldik. 1992-yilda Qozog‘istondan atigi 50 foizga kambag‘alroq edik, hozir esa 4 barobarga kambag‘alroqmiz. Ya’ni, bizning boshlanish darajamiz nihoyatda baland bo‘lgan va xohlaysizmi-yo‘qmi, hozir juda ham yomon bir darajaga kelib qoldik. Masalan, hozir jahondagi eng kambag‘al 40 mamlakatdan birimiz.

Mana shu narsa O‘zbekistonda o‘tgan 28 yilda yomon qarorlar bo‘lganidan tasdiqlamasa, boshqa yana nima bundan darak berishini bilmayman. Talay yomon qarorlar bo‘lgan, albatta.

Behzod Hoshimov, iqtisodiyotchi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2020, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют