» » Toshkentdagi jamoat transportlarida maxsus to‘lov kartalaridan foydalanish boshlandi

Toshkentdagi jamoat transportlarida maxsus to‘lov kartalaridan foydalanish boshlandi


Toshkent shahar jamoat transporti — avtobus va metropoliten yo‘nalishlarida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini joriy etish ishlari boshlandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Dastlabki bosqichda “Toshshahartransxizmat” tarkibidagi avtobuslar elektron to‘lovlarni qabul qiluvchi mobil validatorlar bilan ta’minlandi hamda statsionar validatorlarni avtobus elektron tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, 3-yanvardan e’tiboran maxsus transport to‘lov kartalari sotuvga chiqarildi. To‘lov kartalarining narxi 11 000 so‘mni tashkil etadi. Har bir kartaga oldindan bir martalik to‘lov miqdori yuklangan. Karta orqali bir martalik yo‘l haqi 1400 so‘m.

Qayd etilishicha, yo‘lovchilar mazkur turdagi kartalarni boshqa savdo nuqtalari qatori jeton hamda oylik yo‘l chiptalari bilan savdo qiluvchi quyidagi shoxobchalardan xarid qilishlari mumkin. Savdo nuqtalari:

Kartalar hisobini bank plastik kartalaridagi mablag‘lar va naqd pul bilan yuqoridagi shoxobchalarda to‘ldirish imkoni mavjud. Tez orada kartalar hisobini bankomatlar, kiosklar, to‘ldirish terminallari hamda mobil ilovalar orqali ham to‘ldirish imkoniyati yaratiladi.

Yo‘l haqi to‘lovlarini amalga oshirishning avtomatlashgan tizimi doirasida jamoat transporti uchun yagona transport kartalaridan tashqari to‘lovni amalga oshirish imkonini beradigan mobil ilova hamda bir martalik QR chiptalar ham bosqichma-bosqich ravishda amaliyotga joriy etiladi. Shuningdek, mazkur tizimda yo‘lkira haqi uchun to‘lovlarni kontaktsiz bank kartalari (Humo, Uzcard, Mastercard, Visa Card va boshqalar) orqali amalga oshirish imkoniyati ham yaratiladi.

Pensionerlar, o‘quvchi-talabalar hamda qonunchilikda belgilangan tartibda jamoat transporti xizmatidan imtiyozli asosda foydalanish huquqiga ega alohida fuqarolar toifalari uchun imtiyozli transport kartalarini shaxsiylashtirish va karta tannarxi bo‘yicha sotish davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi. Hozirda ushbu tizimni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashkiliy masallar hal etilmoqda. Bir nechta davlat idoralari o‘rtasida ma’lumotlar bazasini o‘zaro integratsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu yangi tizim bir necha bosqichda amaliyotga to‘la joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Unga qadar esa shu kungacha yo‘lovchilar foydalanib kelgan oylik yo‘l chiptalari, jetonlar hamda shahar jamoat transportida bepul yurish huquqini beradigan guvohnomalar jamoat transportlarida to‘lov sifatida qabul qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2020, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 19) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют