» » Bola oromgohda tibbiy ko‘rikdan o‘tolmasa, ota-onasiga yo‘llanma qiymatining 85 foizi qaytariladi

Bola oromgohda tibbiy ko‘rikdan o‘tolmasa, ota-onasiga yo‘llanma qiymatining 85 foizi qaytariladi


O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining qarori (pdf) bilan Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb yozadi Norma.

Bolalar statsionar oromgohga quyidagi hujjatlar asosida qabul qilinadi:

Statsionar oromgohga bolalar mazkur oromgoh tibbiyot xodimlari ko‘rigidan o‘tkazilgan holda qabul qilinadi. Tibbiy ko‘rik jarayonida bolada biror kasallik alomati aniqlansa, bola oromgohga qabul qilinmaydi va uning davolanishi uchun 3 kun muddat beriladi.

Bola 3 kun ichida davolanib kelgan taqdirda, statsionar oromgohga qabul qilinadi va joriy smenaning yakuniga qadar oromgohda dam oldiriladi. Davolanish muddati uch kundan ortiq davom etgan taqdirda, ota-onasining 10 kun ichida berilgan yozma murojaatiga asosan bolaga berilgan yo‘llanma Balansda saqlovchi tomonidan qaytarib olinadi va yo‘llanma uchun to‘langan mablag‘ning 85 foizi to‘lovchiga qaytariladi.

Kunduzgi oromgohga esa quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

Statsionar va kunduzgi oromgohlarda bolalarni qabul qilish va kuzatish komissiyasi tuziladi.

Oromgoh davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar (bundan buyon matnda Balansda saqlovchi deb yuritiladi) tomonidan tashkil etiladi.

Oromgohda bolalarni sog‘lomlashtirish muddatlari Balansda saqlovchi(lar) tomonidan belgilanadi. Bunda sog‘lomlashtirish muddatlari yozgi mavsumda 10 kundan, kuzgi, qishki va bahorgi mavsumda 7 kundan kam bo‘lmasligi lozim.

Har bitta oromgohda to‘garaklar tuziladi, har bir to‘garakda kamida 10 nafar bolalardan iborat guruhlar tashkil etiladi.

Oromgohda barcha yo‘nalishdagi to‘garak mashg‘ulotlari uchun haftada 4 akademik soat, sayyohlik-o‘lkashunoslik yo‘nalishidagi to‘garaklar uchun haftada 6 akademik soat ajratiladi.

Опубликовано: admin (7-04-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют