» » Andijonlik blogerning shikoyati sud tomonidan qanoatlantirilmadi

Andijonlik blogerning shikoyati sud tomonidan qanoatlantirilmadi


Davomi: Andijonlik blogerning advokati: “Sudda protsessual qoidabuzarliklar juda ko‘p bo‘ldi”

Andijon viloyati ma’muriy sudining kassatsiya instansiyasi Facebook‘da “Otabek Nuritdinov” taxallusi ostida voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirib borgan fuqaro Abdufatto Nuritdinovning shikoyatini rad etdi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov “Daryo”ga ma’lum qildi.

4-yanvar kuni Andijon viloyat ma’muriy sudi kassatsiya instansiyasining ochiq sud majlisida Abdufatto Nuritdinov tomonidan Andijon viloyat ma’muriy sudining 30-dekabrdagi qarori ustidan kassatsiya tartibida keltirgan shikoyati ma’muriy ish hujjatlari asosida Andijon viloyat ma’muriy sudi sudyasi D. Xalilov raisligida ko‘rib chiqildi ko‘rib chiqildi.

Xabar berishlaricha, sud majlisida Abdufatto Nuritdinov ishtirokida jabrlanuvchilar va guvohlar so‘roq qilingan. Huquqbuzarning ko‘rsatmalari va himoyachisining muzokara so‘zlari tinglangan.

“Sud ushbu ma’muriy ish materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rgangan holda, Abdufatto Nuritdinovning kassatsiya tartibida berilgan shikoyatini rad qilib, qanoatlantirilmasdan qoldirish va Andijon viloyat ma’muriy sudi tomonidan 30-dekabrdagi unga nisbatan chiqarilgan qarorni o‘zgarishsiz qoldirish haqida qaror qabul qilinganligi ma’lum qilinadi”, — deyiladi Oliy sud axborotida.

Mavzuga doir: Rasul Kusherbayev: Hokim haqorat qilsa isbotlanmaydi yoki kechirim so‘raladi, fuqaro tanqid qilsa ham qamaladi

Avvalroq, 30-dekabr kuni Andijon viloyat ma’muriy sudining ochiq sud majlisida Asaka tuman IIB tomonidan fuqaro Abdufatto Nuritdinov (bloger Otabek Nuritdinov)ga oid Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasi (tuhmat), 41-moddasi (haqorat) va 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan yuritilgan ma’muriy ish ko‘rib chiqilgani haqida xabar berilgan edi.

Sud qaroriga ko‘ra, Abdufatto Nuritdinov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 40-moddasi, 41-moddasi va 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasi tartibida uzil-kesil o‘tash uchun 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2020, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют