» » Tillerson: Rossiya va Suriyadan tashqari barcha tomonlar aviabazaga hujumni ma’qullashi kerak

Tillerson: Rossiya va Suriyadan tashqari barcha tomonlar aviabazaga hujumni ma’qullashi kerak


AQSh davlat kotibi Reks Tillerson fikricha, Rossiya va Suriya hukumatidan tashqari, Suriya mojarosiga nuqta qo‘yilishidan manfaatdor bo‘lgan barcha tomonlar Amerika qurolli kuchlari tomonidan Suriyadagi aviabazaga berilgan zarbani ma’qullashi kerak. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Men ushbu tomonlarning barchasi, Bashar Asad va, ehtimol, Rossiyadan tashqari, bu muayyan xatti-harakatni qo‘llab-quvvatlashini kutmoqdaman. Umuman olganda, bizning Suriyadagi vaziyatga yondashuvimiz va bizning bugungi kundagi siyosatimiz birinchi navbatda IShIDni tor-mor qilishdan iborat”, — dedi Tillerson raketa zarbasi amalga oshirilishiga nisbatan xususan, Turkiya, kurdlar va Rossiya tomonidan qanday diplomatik reaksiya kutayotgani haqidagi savolga javob berarkan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (7-04-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют