» » Foto: Trampning buyrug‘iga ko‘ra o‘ldirilgan general Qosim Sulaymoniyning dafn marosimi

Foto: Trampning buyrug‘iga ko‘ra o‘ldirilgan general Qosim Sulaymoniyning dafn marosimi


Bu — Bag‘dodning shialar yashaydigan hududida 4-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan dafn marosimidan lavha. Marosim ishtirokchilari Iroqdagi eronparast shialarning jangovar guruhlari yetakchisi Ali Mahdi al-Muhandis va Eronning xorijdagi harbiy operatsiyalarini tashkil etish bilan shug‘ullangan general Qosim Sulaymoniy bilan vidolashmoqda.

Sulaymoniy, al-Muhandis va ular bilan birga bo‘lgan yana sakkiz kishi 3-yanvar kuni Bag‘dod yaqinidagi marra AQSh tomonidan raketa zarbasi berilishi oqibatida halok bo‘lgan edi. Pentagon Sulaymoniy Yaqin Sharqdagi Amerika fuqarolarini himoya qilish maqsadida AQSh prezidenti Donald Tramp ko‘rsatmasiga asosan o‘ldirilganini ma’lum qildi.

Trampning o‘zi Sulaymoniyni jahondagi birinchi raqamli terrorchi deb atab, uning millionlab odamlar, xususan, minglab amerikaliklar o‘limi va jarohatlari uchun javobgar ekanini ta’kidladi. Eron rahbariyati esa Sulaymoniyning o‘ldirilishini “urush e’lon qilish” deb atadi va AQShdan o‘ch olishga va’da berdi.

Mavzuga doir: AQSh Eronning eng nufuzli generalini o‘ldirib qo‘ydi. Endi nima bo‘ladi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2020, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют