» » Germaniyada O‘zbekiston fuqarosi balandlikdan qulab, halok bo‘ldi

Germaniyada O‘zbekiston fuqarosi balandlikdan qulab, halok bo‘ldi


O‘zbekiston fuqarosi N.X. 31-dekabr kuni O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasining konsullik bo‘limiga murojaat qilib, jiyani R.X. baxtsiz voqea oqibatida fojiali halok bo‘lgani haqida xabar bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, R.X. 2018-yil oktabridan beri Germaniyadagi PRAXX jamiyatining malaka oshirish dasturi doirasida Kil shahri yaqinidagi fermer xo‘jaliklaridan birida shartnoma asosida amaliyot o‘tayotgan edi.

“27-dekabr kuni u balandlikdan qulab tushib, vafot etgan. Mahalliy politsiya tekshiruv o‘tkazdi va baxtsiz hodisa yuz berganini tasdiqlagan”, — deya xabar bermoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

Qo‘shimcha qilishlaricha, Germaniyadagi elchixonaning konsullik bo‘limi qarindoshlar va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan birgalikda R.X.ning jasadini O‘zbekistonga jo‘natishga oid masalalarni hal qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2020, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют