» » Jizzaxda mast haydovchi YPX inspektorini urdi

Jizzaxda mast haydovchi YPX inspektorini urdi


Jizzaxda 31-dekabr kuni soat 23:00 lar atrofida mast haydovchi xizmat vazifasini bajarayotgan YPX inspektorini urdi. Bu haqda YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Jizzax shahrining Islom Karimov ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimi katta tezlikda harakatlanayotgan haydovchini to‘xtatgan. 32 yoshli Captiva avtomobilining haydovchisidan mast holda ekanligi gumon qilinib, u narkologiya dispanseriga olib borilgan. O‘tkazilgan tekshiruv natijasida haydovchining mastligi tasdiqlangan. Biroq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish vaqtida haydovchi YPX inspektoriga faol qarshilik ko‘rsatib, uni haqoratlagan, yuziga musht tushirgan.

Natijada YPX inspektori olgan jarohatlari oqibatida kasalxonaga yuborilgan. Avtomobil esa vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yilib, haydovchi IIB xodimlariga topshirilgan.

Mazkur holat bo‘yicha Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2020, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют